
IZOLYUKS XPS PREMIUM
Plotnosti 32–36 kg/m³ bo'lgan yuqori mustahkam ekstruziyalangan penopolistirol. Fundament, sokol, devor, pol va tom uchun.
XPS penopleks va sintifon — to'g'ridan-to'g'ri zavoddan. Diler emasmiz: barqaror sifat, hamyonbop narx va O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish.
Bir xona ta'mirlayapsizmi yoki butun obyekt quryapsizmi — sizga mos yo'lni tanlang.
Uyning qismini tanlang — qaysi mahsulot va qanday qalinlik kerakligini ko'rsatamiz.
Styajka ostiga XPS PREMIUM deformatsiyaga chidamli asos beradi. Kvartirada esa sintifon yetarli — sovuq va shovqin o'tmaydi.
XPS penopleksIZOLYUKS XPS PREMIUM
SintifonIZOLYUKS sintifon folgali
MahkamlagichlarYakorli skoba IZOLYUKSUlgurji va chakana savdo. Turli o'lcham va qalinliklar buyurtma asosida tayyorlanadi.

Plotnosti 32–36 kg/m³ bo'lgan yuqori mustahkam ekstruziyalangan penopolistirol. Fundament, sokol, devor, pol va tom uchun.

Optimal mustahkamlikka ega sifatli ekstruziyalangan penopolistirol — devor, fasad, tom va pol uchun tejamkor yechim.

Metallashtirilgan lavsan qoplamali 2–10 mm rulonli izolyatsiya — issiq pol, gilam osti va devorlar uchun.

Qoplamasiz egiluvchan ko'pikli polietilen — oyna, shisha buyumlar va mebelni himoyali qadoqlash uchun.

Ikki qatlam qoplamali ko'pikli polietilen qobiq — ichki quvur tizimlari uchun. Devor qalinligi 4–15 mm, diametr 16–52 mm.

Himoya laminat qoplamali ko'pikli polietilen qobiq — quvurlarni issiqlik izolyatsiyasi va tashqi ta'sirdan himoya qilish uchun.

Qurilish konstruksiyalarini namlik va suv bug'idan himoya qiluvchi plyonka — tom, devor va orayopmalar uchun.

U-simon konstruksiyali polimer skoba — montaj va qurilish ishlarida elementlarni ishonchli mahkamlash uchun.

Issiqlik izolyatsiya materiallarini turli asoslarga mexanik mahkamlash uchun keng shlyapali dyubel.
Plotnost (zichlik) qancha yuqori bo'lsa, plita yukka va deformatsiyaga shuncha chidamli bo'ladi.
Toza xomashyo, zamonaviy liniya va har partiyada sifat nazorati.





2013-yildan beri ishlab chiqaramiz. Vositachilarsiz — zavod narxida.
Abrazets kerakmi? Sifatni oldindan sinab ko'ring — namunani bepul beramiz.
Fura hajmidagi buyurtmalar uchun O'zbekiston bo'ylab bepul yetkazamiz.
Faqat sifatli xomashyo — hajmni yaxshi ushlaydi, uzoq yillar xizmat qiladi.
Qishning sovug'i va yozning jaziramasida xossalarini yo'qotmaydi.
Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg'izistonga eksport qilamiz.
Qo'ng'iroq qiling yoki Telegramga yozing — hajm va obyektni aytasiz.
Mutaxassis kerakli mahsulot va miqdorni hisoblab, narxni beradi.
Kerakli o'lcham va qalinlikda zavodda tayyorlanadi.
12 viloyat bo'ylab dastavka, fura hajmida — bepul.
Maydonni kiriting — miqdor va taxminiy narxni darhol hisoblaymiz. Aniq narx uchun ariza qoldiring.
* Hisob taxminiy. Qadoqdagi soni va narx qalinlikka qarab o'zgaradi — aniq ma'lumotni menejer beradi.
Fura hajmida buyurtma bersangiz, yetkazib berish biz tomondan. 12 ta viloyatga muntazam dastavka va qo'shni davlatlarga eksport.
UZKZTJTMKGYuk tushadigan joylar — issiq pol, styajka osti, fundament va sokol uchun XPS PREMIUM (32–36 kg/m³). Devor, fasad va tom uchun tejamkor XPS STANDARD ham yetarli.
Ha. Telefon yoki Telegram orqali murojaat qiling — mahsulot namunasini (abrazets) bepul beramiz, sifatni oldindan ko'rib olasiz.
12 ta viloyatga muntazam yetkazib beramiz. Fura hajmidagi buyurtmalar uchun yetkazish bepul. Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg'izistonga eksport ham qilamiz.
Ha, ulgurji va chakana savdo mavjud. Bir xonani ta'mirlash uchun ham, katta obyekt uchun ham buyurtma qabul qilamiz.
Ha, o'zimiz ishlab chiqarganimiz uchun kerakli o'lcham va qalinlikni buyurtma asosida tayyorlab beramiz.
XPS va sintifon chirimaydi, mog'or bosmaydi va −70°C dan +75°C gacha xossalarini saqlaydi. To'g'ri montaj qilinganda o'nlab yillar xizmat qiladi.